Adliya vazirligida 8 sentyabr kuni tumanlar va shaharlar adliya boʻlimlari faoliyatiga bagʻishlangan videoselektor majlisi oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Daryo nashri.
Majlisda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining shu kungacha boʻlgan faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha kun tartibidan oʻrin olgan masalalar muhokama etildi.
Xususan, faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelinganligi jiddiy tanqid ostiga olindi. Ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan adliya boʻlimlarining 28 nafar xodimi, jumladan 15 nafar boʻlim boshliqlari lavozimidan ozod etildi, - deyilgan xabarda.
Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimiga hayfsan eʼlon qilindi, 29 nafari ogohlantirildi.
Shu bilan birga, yigʻilishda Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tuman adliya boʻlimlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgani qayd etildi.
Yigʻilishda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov har bir adliya xodimi “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak” degan tamoyilga qatʼiy amal qilishi, hududiy adliya organlari rahbarlari “tuman-shahar adliya boʻlimlari bizning yuzimiz” tamoyiliga rioya etishi, “Har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratishi zarurligini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan joylarda 200 ta tuman (shahar) adliya boʻlimi tashkil etilgan va ularga 560 nafar xodim ishga qabul qilingan edi. Ushbu adliya boʻlimlari vazifasi fuqarolarga huquqlarini tushuntirish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklash – deb belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?