
Toshkentda qutqaruvchilar yoʻl chetidagi daraxtga borib urilgan Nexia salonida qisilib qolgan erkakni chiqarib oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: FVV
9 sentyabr kuni soat 21:35 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida Nexia rusumli avtoulovi boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi daraxtga urilganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, Nexia rusumli avtoulov salonida qisilib qolgan fuqaro yoʻlovchi R.M.ni zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib oldi va tibbiyot xodimlariga topshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.