12:48 / 12.09.2018
3 888

IIV markaziy apparatida 8 nafar tayinlov yuz berdi

IIV markaziy apparatida 8 nafar tayinlov yuz berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga yangi xodimlar tayinlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari-xizmat oʻtashni tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga polkovnik Toʻlqinboy Jumanov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga mayor Farrux Akmalov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi boshligʻi lavozimiga esa podpolkovnik Azamat Axmedov tayinlandi.

Shuningdek, IIV Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish markazi (Toshkent shahri) boshligʻi etib polkovnik Alisher Usmanov tayinlangan. IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari-kadrlar boshqarmasi boshligʻi sifatida podpolkovnik Abror Sabirjanov ish boshlaydi.

“Postda”-“Na postu” gazetalari va “Qalqon”-“Щit” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga Bernora Sodiqova, IIV Malaka oshirish institutiga Abdurahmon Pardiyev boshliq etib tayinlandi. Podpolkovnik Sherali Turayev IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori sifatida ish boshlaydi.

IIV tizimida davom etayotgan oʻzgarishlar viloyatlar kesimidan soʻng markaziy apparatga yaqinlashib qolgani maʼlum boʻlmoqda. Ayni oʻzgarishda katta urgʻu kadrlar bilan ishlaydigan rahbarlarga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV markaziy apparatida 8 nafar tayinlov yuz berdi