Alisher Sultonov / Xalqaro press-klub
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov lavozimni tark etgan. Bu maʼlumotni kompaniyadagi manbalar “Kun.uz”ga tasdiqlashdi.
1999 yildan “Oʻzbekneftegaz” tizimida ishlay boshlagan Alisher Sultonov 2015 yilning avgustida kompaniya raisiga aylangandi.
Endilikda, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Sultonov oʻrniga “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.
Ashrafxonov 2016 yilning fevralidan buyon Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.
Bahrom Ashrafxonov / Sputnik
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov 1969 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 1993 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1993-1994 yillarda Kentukki universitetida tahsil olgan, 1994 yildan 2000 yilgacha UzAIG sugʻurta kompaniyasida, keyinroq Moliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2007 yildan 2016 yilgacha, Akmal Kamalov oʻrniga Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida tayinlanguniga qadar Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgandi.
Eslatib oʻtamiz, Alisher Sultonov shu yilning 20 avgustida avtofalokatga uchrab, shifoxonaga yotqizilgandi.
Avvaliga uning ahvoli yaxshi ekani va tez orada ishga qaytishi haqida aytildi, keyinroq uning jarohati jiddiyligi, chap son suyagi chiqqani, chanoq kosachasida yopiq sinish, koʻkrak qafasining 7-10 qovurgʻalari yopiq singani, bosh tepa sohasi lat yegani maʼlum boʻldi.
Alisher Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari - geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari ham hisoblanadi. Ayni vaqtda u bu lavozimni saqlab qolgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi