
Foto: NBnews
Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan Gardens Residence turar joy majmuasidan oʻziga uy sotib oldi. Bu haqda bino developer kompaniyasi xabar bergan.
Maʼlumotlarga koʻra, mutlaq vazn toifasining sobiq chempioni 2020 yil boshiga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan apartamentdan xarid qilgan. Mazkur uy premium klassdagi hashamatga ega boʻlishi aytilmoqda.
Toshkentda “Taysonga qoʻshni boʻlishni istaysizmi?“ yozuvi tushirilgan reklamalar paydo boʻlgan. Kompaniya vakili bu shunchaki aytilgan gap emas, haqiqatan ham Tayson Toshkentdan uy sotib olganini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar