
Oʻzbekiston poytaxti Toshkent kuz oyida tashrif buyurish uchun eng qulay boʻlgan MDH shaharlari reytingidan oʻrin oldi. Bu haqda Rossiyaning TurStat sayyohlik agentligi maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.
Qayd qilinishicha, reyting 2018 yilning kuz oyida sayohat qilish uchun qulaylik darajasiga qarab tuzib chiqilgan.
Reytingda Belarus poytaxti Minsk, Qozogʻiston poytaxti Ostona va Ozarboyjon markazi Boku shaharlari yetakchilik qilmoqda.
Bu borada Toshkent TOP-5 likda qayd qilingan. Toshkentdan yuqorida Armaniston poytaxti Yerevan joylashgan. TOP-10 likdan shuningdek, Olmaota, Bishkek, Kishinyov, Dushanbe va Ashxobod shaharlari joy olgan.
Agentlikka koʻra, eng arzon turdagi sayyohlik aynan Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda taklif qilinmoqda. Dam olish kunlari shopping uchun esa eng qulay shaharlar sifatida Ostona va Boku koʻrsatib oʻtilgan.
2018 yilning kuzida sayyohlik uchun tashrif buyurishga qulay MDH shaharlari TOP-10 taligi:
1. Minsk (Belarus)
2. Ostona (Qozogʻiston)
3. Boku (Ozarboyjon)
4. Yerevan (Armaniston)
5. Toshkent (Oʻzbekiston)
6. Olmaota (Qozogʻiston)
7. Bishkek (Qirgʻiziston)
8. Kishinyov (Moldova)
9. Dushanbe (Tojikiston)
10. Ashxobod (Turkmaniston) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar