Aholining eng koʻp ishi tushadigan tizimlardan biri notariat sohasidir. Tizimda xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash uchun notariuslarga xalq tomonidan berilayotgan baho alohida eʼtiborda. Qolaversa, ular faoliyatini baholashning maxsus tizimi ham ishga tushirilgan.
Aholidan notariuslar faoliyati bilan bogʻliq tushayotgan shikoyatlarni oʻrganish asnosida oʻtkazilgan oʻrganishlarda koʻp hollarda keltirilayotgan vajlar oʻz tasdigʻini topmoqda. Keyingi paytda bu amaliyot tufayli 27 nafar notariusga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat notarial idoralari notariuslarining ish faoliyati sifatini baholash tizimi ham yoʻlga qoʻyildi. Bu jarayonda esa sifatli xizmat koʻrsatayotgan hamda ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgan xodimlar aniqlandi.
– Notariuslar faoliyati sifatini baholashda qonuniylik, begʻarazlik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga asoslanildi, – deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sevara Oʻrinboyeva. – Sifatni baholashda notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat koʻrsatishda qulaylik va tezkorlik taʼminlanganligi, faoliyatidagi yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻlami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi.
Respublika boʻyicha 651 nafar notariusdan 28 nafarining ish faoliyati “aʼlo”, 268 nafariniki “yaxshi”, 278 nafariniki “qoniqarli” va 77 nafariniki esa "qoniqarsiz” deb baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?