
Qirgʻizistonliklar Oʻzbekiston hududiga kiritilmayapti. “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktidan (NOʻP) olingan videoni vaziyatga guvoh boʻlganlardan biri Facebookʻda eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”ga tayanib “Kun” nashri.
Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, oʻz uylariga qaytishga harakat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ham “asirda” qolib ketgan.
“Biz Qirgʻiziston chegarasidan muammolarsiz oʻtdik. Biroq, bizni Oʻzbekiston hududiga kiritishni xohlashmayapti. Oʻzbekiston uzoq vaqt davomida betaraf hududda odamlarni issiqda ushlab turibdi. Bunday holatga nima sabab ekanini yigʻlayotgan bolalar, ayollar hamda erkaklar hech kim tushuntirgani ham yoʻq”, - deydi foydalanuvchi.
Taʼkidlanishicha, video 21 sentyabr kuni mobil telefon kamerasiga olingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻizistonning oʻzbeklar savdo qiluvchi tumanida blokpostlar qoʻyilgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar