
Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidovning “Vecherniy Bishkek” nashriga xabar berishicha, Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punkti odatiy rejimda ishlamoqda.
“Nazorat-oʻtkazish punkti yopilmadi. Chegarachilar chegara boʻylab fuqarolarni tartibga rioya etgan holda oʻtkazmoqda”, - deya aniqlik kiritgan diplomat.
Shuningdek, Komil Rashidovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Chegara xizmati fuqarolarning har ikki tomonga oʻtishi muammolarsiz va ortiqcha kechiktirishsiz amalga oshishi tarafdori. Bildirilishicha, nazorat-oʻtkazish punkti xalqaro maqomga ega va kuniga 24 soat ishlaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq qirgʻizistonliklar Oʻzbekiston hududiga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktidan (NOʻP) olingan videoni vaziyatga guvoh boʻlganlardan biri Facebookʻda eʼlon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar