09:56 / 05.10.2018
6 244

Oʻzbekiston va Qatar birinchi xonimlari (Foto)

Oʻzbekiston va Qatar birinchi xonimlari (Foto)
Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif al Taniyning turmush oʻrtogʻi, Qatarning hozirgi amiri shayx Tamim ibn Hamad al Taniyning onasi Moʻza bint Nosir al Misnid Oʻzbekistonga xususiy tashrif bilan kelgan. Bu haqda uning Facebookʻdagi sahifasida maʼlum qilindi.

“Oʻzbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Hoshimova janobi oliyalari bilan, shu yozdagi xususiy tashrif vaqtida”, - deyilgan Moʻza bint Nosir al Misnidning sahifasida.

Foto: Facebook/Moza bint Nasser
Shuningdek, eʼlon qilingan fotosuratda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Hoshimovadan tashqari, uning qizi Shahnoza Mirziyoyevani ham koʻrish mumkin.

Foto: Facebook/Moza bint Nasser
Maʼlumot uchun: Moʻza bint Nosir al Misnid Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif al Taniyning uch xotinidan ikkinchisi sanaladi. U siyosat va jamoat arbobi sifatida tanilgan.

Moʻza al Misnid qator davlat va xalqaro lavozimlarga ega. Ular orasida: Qatar taʼlim, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti jamgʻarmasi rahbari, Oila masalalari boʻyicha Oliy kengash prezidenti, Taʼlim boʻyicha Oliy kengash vitse-prezidenti, YUNЕSKO maxsus vakili.

U Virjiniya Hamdoʻstlik Universiteti (Virginia Commonwealth University), Texas A & M universiteti (Texas A & M University), Karnegi-Melon Universiteti (Carnegie Mellon University), London Imperiya Kolleji (Imperial College London) va Jorjtaun universiteti (Georgetown University) faxriy doktorlik unvonlariga ega.

Yetti nafar farzandi bor: shayx Hamad bin Xalif al Taniy (2013 yil 25 iyundan Qatarning 4-amiri);
shayx Jasim bin Xalif al Taniy;
Joan Hamad al Taniy;
Xalifa Xamad al Taniy;
Muhammad Hamad al Taniy;
Al Mayyossa Hamad al Taniy;
Hind Hamad al Taniy.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)