17:25 / 17.10.2018
6 645

Birinchi Prezident oilasi bilan qanday dam olgan?

Birinchi Prezident oilasi bilan qanday dam olgan?
Karimov Fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti oilasi bilan qanday dam olgani haqidagi Lola Karimova-Tillayevaning xotiralarini facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.

"Bahorgi ta’til kunlarida bolalar bilan ota-onamdan xabar olish uchun Toshkentga kelgan edik. Navruz bayrami arafasi edi. Otam nabiralarini ko‘rganda hamisha nihoyatda quvonar edilar. Farzandlarim ham bobosini katta xursandchilik va qiy-chuv bilan kutib olishar va ostonadanoq o‘z o‘yinlariga chorlar edilar.

Shunday damlarda otam “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” maqolini takrorlar edilar.

Kechki ovqat paytida otam Samarqandni nabiralariga ko‘rsatish istaklari borligini aytdilar va biz ertasi kuniyoq Samarqandga yo‘l oldik.

Bu juda ham fayzli safar bo‘ldi. Qadimgi obidalarni borib ko‘rdik, ajdodlarimiz ruhiga hurmat bajo aylab, ular dafn etilgan makonlarni ziyorat qildik. Otam kuchli xotira egasi edilar va Samarqand tarixiga oid ko‘pgina qiziqarli voqealarni bizlarga so‘zlab berdilar.

Katta qizim Mariamga Registon maydoni to‘g‘risida batafsil gapirib berganlari, Tillakori madrasasining go‘zal bezaklarini hayratda tomosha qilganimiz hali ham ko‘z oldimda.

Samarqandga qilgan ushbu safarimizdan ikki yildan sal oshiq vaqt o‘tib, ayni shu maydon va madrasa yonida otam bilan vidolashib, ularni mangu maskanlariga kuzatdik".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birinchi Prezident oilasi bilan qanday dam olgan?