Endi pensiya miqdori yoshga qarab belgilanadimi?

Endi pensiya miqdori yoshga qarab belgilanadimi?
Mening fikrimjamoaviy murojaatlar portalida pensiyalar miqdorini yoshga qarab belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi deb yozadi Kun.uz nashri.

Qayd etilishicha, pensiyadagi shaxslarning yoshi o‘tgan sari sog‘lig‘i yomonlashadi, kasalliklar ko‘payadi, shuni inobatga olib, pensiya miqdorini yoshga qarab belgilash kerak.

“Taklifim: 55 yoshli inson bilan 75 yoshli insonning salomatligida farq bo‘lgani kabi, pensiyasida ham farqi bo‘lishi, shuning uchun yoshi katta pensionerga ko‘proq pensiya berilishini joriy etish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim”, – deb yozadi murojaat muallifi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar