
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasida Rossiyadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Rossiyaning Rostov, Ivanovo, Orenburg, Penza, Samara, Chelyabinsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasi va boshqa hududlaridagi yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda.
Ko‘rgazmadan yengil sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, qandolatchilik, farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘rin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar