Markaziy Osiyo va Rossiya maxsus xizmatlar o‘tgan yili terrorizm bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 150 shaxslarni qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksil terrorchilik markazi direktori Asilbek Kojobekov ShHT aksil terrorchilik mintaqaviy kengash yig‘ilishida ma’lum qildi deb xabar bermoqda Sputnik.
“Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakolatli organlari hamkorlikdagi harakatlari natijasida 2017 yil ikkinchi yarmida va 2018 yil birinchi yarim yilligida terrorizm bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 150 nafar fuqaro qo‘lga olindi va ekstraditsiya qilindi”, – dedi Kojobekov.
Shuningdek, ShHT maxsus xizmatlari “IShID”, “Jabxat an-Nusra”, “Xizb ut-Tahrir”, “Sharqiy Turkiston islom harakati” va boshqa tashkilotlar faoliyati haqida ma’lumotlarni almashishdi.
“So‘nggi yillarda ShHT hududida ko‘plab teraktlar oldi olindi. Terrorchilik guruhlarga jiddiy ziyon yetkazildi… Yuqori terrorchilik harakatlari faol bo‘lgan hududlarga chiqib ketayotgan va ShHT davlat hududiga qaytib kelayotgan shaxslarga, turli xavf va tahdidlarga alohida e’tibor qaratilmoqda”, – deb qo‘shimcha qildi Kojobekov.
ShHT aksilterrorchilik mintaqaviy kengashi 33-chi yig‘ilishida Rossiya, Qirg‘iziston, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.l “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi