Xorazm viloyatiga shu yilning to‘qqiz oyida 1 013 239 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Shulardan 76 115 nafari xorijiy, 937 124 nafari mahalliy sayyohlardir. Bu haqda Turon24ga viloyat turizmni rivojlantirish departamentining matbuot kotibi Aziza Rajabova xabar berdi.
Xorazmda bugungi kunda 60 dan ortiq mehmonxona sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yil oxirigacha yana 17 ta mehmonxona qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ular ishga tushgach, mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 850 taga ko‘payadi.
Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyatda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha 20 ta loyihaning manzilli ro‘yxati ishlab chiqildi. Shundan 11 tasi Xiva, 6 tasi Urganch shaharlarida, 2 tasi Bog‘ot, 1 tasi Xonqa tumanida joylashgan. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi bilan qo‘shimcha 194 ta o‘rin yaratiladi.
Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida 38 o‘rinli 4 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, yagona reyestrga kiritildi. Jumladan, Urganch shahrida 1 ta “Neptunmaks” oilaviy korxonasi (OK) tomonidan 10 o‘rinli, Xiva shahrida 3 ta “Xiva bog‘cha darvoza” OK tomonidan 10 o‘rinli, “Xiva Azim ota” OK tomonidan 8 o‘rinli, “Abdulla Sharofat” OK tomonidan 10 o‘rinli oilaviy mehmon uylari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
Sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishning sifat darajasini ko‘tarish maqsadida shu yilning o‘zida “Asia Khiva” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 43 o‘rinli “Golden dragon” rusumli avtobuslar, shuningdek, “Ozod Qutlimurod” korxonasi tomonidan 33 o‘rinli turistik sinfga mansub avtobus xarid qilindi va bugungi kunda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yil yakunigacha sohadagi transport infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 10 ta turistik toifadagi avtobus, 10 ta elektromobil sotib olinishi belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida: ayni paytda viloyatda 89 ta sayyohlik tashkiloti, 26 ta turistik firma faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi