3 594
Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto)
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan qaytib kelayotgan M.D. imli shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida yurtimizga katta miqdordagi tamaki mahsulotlari kirib kelishining oldini olishdi.
Gap shundaki, ushbu avtomashinaning yo‘lovchi kabinasini “Samanta” laqabli xizmat iti yordamida tekshirish chog‘ida bojxonachilar avtomashinaga noqonuniy mahsulot yashirilganligini payqab qolishdi.
Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Shundan so‘ng avtomashina chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilganda xizmat itining xatti-harakatlari o‘z isbotini topdi, uning eshiklaridan panellari yechib ko‘rilganida, avtomashina old va orqa eshiklari orasida mohirona yashirilgan 887 quti “MILANO” va 50 quti “ESSE Light” yozuvli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Tekshiruv davomida haydovchi va yo‘lovchi kelishgan holda ushbu huqubuzarlikni sodir etganligiga iqror bo‘lishdi.
Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasiga binoan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirincha tovarlarni noqonuniy olib o‘tish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga topshirildi. Hozirda aniqlangan tamaki mahsulotlari hamda avtotransport vositasi huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.
Ma’lumot sifatida: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida 21 ta holatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng