Samarqandda «Zarafshon» va «Jomboy» bojxona punktlari ishga tushdi

1 daqiqa o'qish4.3K
Samarqandda «Zarafshon» va «Jomboy» bojxona punktlari ishga tushdi
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini o‘rtacha vaqtini qisqartirish maqsadida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining «Zarafshon» va «Jomboy» temir yo‘l stansiyalari hududida bojxona punktlari tashkil etildi.

2017—2018 yillar mobaynida yuk tashish hajmining tahlil natijalari, ushbu stansiyalar orqali eksport va import qilinadigan tovarlar sonining o‘sish tendensiyasi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaring taklif va istaklari inobatga olindi.

Jumladan, 2018 yilning 9 oyi davomida «Zarafshon» stansiyasi orqali tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan 2800 dan ortiq temir yo‘l vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. «Zarafshon» temir yo‘l stansiyasiga ushbu hudud yaqinida joylashgan «Sam-Antep Gilam», «Siyob Saxovati» hamda Pulsar Trade Brewery va boshqa tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan.

Xuddi shuningdek, «Jomboy» temir yo‘l stansiyasi orqali 900 ga yaqin vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. Stansiyaga JV MAN Auto-Uzbekistan, UzAutoTrailer, Bmax Building Materials, Prime Cermaics va boshqa qator tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?