
Oqqo‘rg‘ondagi mahalliy rahbarlarni qonunga zid ravishda jazolash voqealaridan so‘ng Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari va boshqa mutasaddi rahbarlarga ham choralar ko‘rilib, ular o‘z lavozimidan ozod etildi. Ishdan olinganlarning shaxsi aytilmagan.
29 oktyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov majburiy mehnatga doir videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
"Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lgan holat bo‘yicha farmon qabul qilganliklari to‘g‘risida bizga aytdi (prezident nazarda tutilmoqda – tahr.) Konstitutsiya bo‘yicha shanba-yakshanba kunlari farmonlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Shuning uchun hamma narsani qonun doirasida qilish lozimligini ta’kidladi. "Hech narsa qilmaydi, dushanba kuni e’lon qilaman", dedi (prezident)", – degan bosh vazir.
Aripovning aytishicha, har bir hudud rahbari – vazirlar, viloyat hokimiyati bo‘ladimi, QR Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yoki Vazirlar Kengashi rahbari bo‘ladimi, Toshkent shahar hokimi, tuman hokimlari yoki boshqa davlat boshqaruv idoralari rahbar xodimlari bo‘ladimi – biron-bir odamga bu masalada (majburiy mehnat – tahr.) shafqat yo‘q, biron-bir odamni kechirish ham bo‘lmaydi.
Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari ham olti kishini suvga tushirish "tomosha"sida Zoyir Mirzayev bilan birga turgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar