O‘zbekiston Respublikasi Hukumati rahbari - Bosh vazir Abdulla Aripov Oqqo‘rg‘ondagi holatdan uyatda qolganini aytdi. Bu haqda u 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor paytida ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
29 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu kuni imzolangan «Barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida» farmon mazmunini keng jamoatchilik, xususan barcha hududiy rahbarlar, tashkilot, idora va tuzilma boshliqlariga yetkazish bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Zoyir Mirzayevning ishdan olinganini e’lon qilib, bu holatga munosabat bildirdi.
«Men uchun bu uyatli holat. Hukumat rahbari sifatida, o‘rinbosarimning ushbu ishda tomoshabin bo‘lishi yo ishtirokchi sifatida turishi menga uyatli. Prezident topshirig‘i bilan 25 oktyabrda bo‘lgan voqealar Bosh prokuratura tomonidan qat’iy o‘rganiladi», deydi u.
Bosh prokuror Otabek Murodov ham ishtirok etgan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida yuz bergan hodisa payti Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev yonida turgan Toshkent viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddilar ham ishdan bo‘shatilgan. Abdulla Aripovning aytishicha, ushbu masala, xususan majburiy mehnat masalasi bilan Bosh prokuratura jiddiy shug‘ullanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi