O‘zbekistonliklar 2019 yildan boshlab nonni cheklovlarsiz eksport qilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning savdoni erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha farmoni loyihasida keltirilgan.
Eksportni va ichki savdoni rivojlantirish, raqobatni oshirish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi:
- non-bo‘lka mahsulotlari;
- shakar;
- o‘simlik moyi;
- cho‘chqa go‘shti;
- parranda go‘shti;
- volfram rudalari konsentratlari;
- ipak chiqindilari.
Non narxi O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida ijtimoiy muhim tovar sifatida davlat tarafidan belgilab kelingan. Bundan tashqari, 1-navli un narxini ham davlat belgilaydi. Joriy yilning 15 sentyabridan un narxi 930 so‘mdan 1400 so‘mga ko‘tarilib, bo‘lka non narxi davlat tarafidan belgilanishi bekor qilingan. Bu nonning narxi qariyb ikki baravar oshib ketishiga olib kelgan.
Hozir non narxi Toshkent shaxrida 1050 so‘mni tashkil etadi. Noyabr o‘rtalaridan un narxining davlat tarafidan belgilanishi ham bekor qilinadi. Buning oqibatida un va non narxi yanada oshishi kutilmoqda.
O‘tgan haftada nonni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar qatoridan chiqarish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi