14:12 / 05.11.2018
6 089

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Aminov Shoxruh Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sh.Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Navoiy viloyatining avvalgi prokurori X.Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi