
Joriy yil O‘zbekistonda 2,4 mln tonna go‘sht yetishtirilishi kutilmoqda. Bu ma’lumot Qishloq xo‘jaligi vazirligining muhokamalar portalida joylashtirilgan qonun-loyihasida keltirilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, jami go‘sht hajmining 5,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanadi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari o‘rtacha 23% oshdi. Ushbu davrda, ayniqsa, mol go‘shti (24,1%) va qo‘y go‘shti (22,6%) narxi sezilarli darajada o‘sgan.
Narx oshishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar go‘sht mahsulotlarini bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar