29 oktyabr kuni xizmat vazifasini o‘tayotgan paytda, Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganch shahrida ushlangan jurnalist ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘shko‘pir tumani Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra 7 sutkaga qamalgan Davlatnazar Ro‘zmetov jazo muddatini o‘tab, 5 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. U Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanayotgan edi.
Xorazmlik jurnalist, «Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ro‘zmetov bir hafta oldin Urganch shahrida qo‘lga olinib, sud mahkamasiga olib kelingan. Jurnalistning qamalishiga sabab qilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.
Ayni paytda Ro‘zmetov bilan yuz bergan hodisa bo‘yicha ayrim ma’lumotlar ma’lum qilingan. Kun.uz xorazmlik jurnalist bilan yuz bergan hodisani batafsil o‘rganmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi