02:00 / 06.11.2018
4 781

Samarqandda ikki tonna baliq bepul tarqatildi (foto)

Samarqandda ikki tonna baliq bepul tarqatildi (foto)
4 noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida o‘tkazilgan baliq saylida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ehtiyojmand fuqarolarga ikki tonna baliq tarqatildi.

Baliq sayli “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligi tomonidan “Maroqand” dehqon bozori negizidagi avtomobil bozori o‘rnida tashkil etildi. Sayil baliqchilik kompleksi va ekobog‘, baliqchilik innovatsion ilmiy o‘quv markazi hamda baliqchilik laboratoriyasi tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir doirasida bo‘lib o‘tdi.

Umumiy qiymati 49 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur loyiha baliqchilikdan tashqari 200 o‘rinli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, 100 o‘rinli mehmonxona hamda ko‘p qavatli turar joylar barpo etish uchun yo‘naltiriladi. Loyiha amalga oshishi natijasida 100dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Hozir viloyatda 441ta baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. 2018 yilning o‘tgan 10 oyida 7,093 tonna baliq ovlash rejasi belgilangan. Amalda 7484,9 tonna baliq ovlangan.

“Ipoteka Bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki Samarqand filialining ma’lum qilishicha, baliqchilik sohasi uchun 2018 yilning yakunigacha 52,4 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratiladi. 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 47,6 mlrd so‘m kredit mablag‘i berilgan.

2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida baliqchilik sohasiga 35 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish belgilangan. Shundan hozirgacha 10,5 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etish bo‘yicha yuqoridagi kabi loyihalar tanlab olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ikki tonna baliq bepul tarqatildi (foto)