01:50 / 17.11.2018
3 416

Endi sayyohlar O‘zbekiston vizasi bilan Qozog‘istonga, Qozog‘iston vizasi bilan O‘zbekistonga kelishi mumkin

Endi sayyohlar O‘zbekiston vizasi bilan Qozog‘istonga, Qozog‘iston vizasi bilan O‘zbekistonga kelishi mumkin
Foto: Qozog‘iston Bosh vaziri matbuot xizmati
Mazkur hujjat Chimkent shahrida ikki davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Hududlararo birinchi forumda qabul qilindi, deya xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari A.Mamin qayd etib o‘tganidek, 2018 yil ikki xalqning madaniy va savdo-iqtisodiy yo‘nalishlarda amaliy yaqinlashuvi borasida muvaffaqiyatli kechdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgan ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.

Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda ijobiy o‘sish kuzatilayotir. 2018 yilning dastlabki to‘qqiz oyida tovar aylanmasi 2 mlrd. dollardan ziyodni tashkil etgani, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 40 foiz yuqoriligi buning tasdig‘idir.

“2018 yil yakuniga ko‘ra, prognozlarga muvofiq, o‘zaro savdo hajmi 3 mlrd. dollarga yetadi. Davlat rahbarlari savdo hajmini yanada ko‘paytirish salohiyatini inobatga olib 2020 yilgacha tovar aylanmasida 5 mlrd. dollarlik natijaga erishish vazifasini qo‘yishgan ”, - dedi u.

Bosh vazir o‘rinbosarlari Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi “Jibek joli” va “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktlari(NO‘P) faoliyatini ko‘zda kechirishdi. Shu asnoda chegara punktlari infratuzilmalarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda modernizatsiya qilish, mavjud NO‘Plarni jadal rekonstruksiyalash, yangi punktlarni ochish, shuningdek, avtovokzal barpo qilish zarurligi qayd etildi.

O‘z navbatida sanoat, qurilish, transport, tranzit, turizm kabi sohalar o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari A.Ramatov ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik aloqalari mustahkam asos va uzoq muddatli istiqbolga ega ekanligini bildirdi. Ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sektorlarida Qozog‘iston kapitali ishtirokida 260 ta korxona faoliyat yurityapti. Qozog‘istonda O‘zbekiston yili o‘tkazilayotgani barcha jabhalardagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Forum yakunida ikki mamlakat hududlari rahbarlari iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 16 ta hujjat imzolashdi.

O‘z navbatida Buyuk ipak yo‘li davlatlarining viza rejimlarini o‘zaro tan olish, “KTZ Express” AJ va “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida qo‘shma korxona ochishga oid bitim imzolandi. “KazTransGaz” va “O‘ztransgaz” o‘rtasida O‘zbekiston hududi orqali tabiiy gazni yuborishga doir kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar “Korme” ko‘rgazma majmuasiga tashrif buyurishdi. U yerda ikki mamlakatning avtosanoat, kimyo, to‘qimachilik, yog‘ochni qayta ishlash sanoati mahsulotlari namoyish etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi sayyohlar O‘zbekiston vizasi bilan Qozog‘istonga, Qozog‘iston vizasi bilan O‘zbekistonga kelishi mumkin