2018 yilning 22 noyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Knaysel bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini bergan, o‘z ishini yakunlagan «O‘zbekiston – Yevroittifoq» hamkorlik kengashi majlisining sermahsul o‘tganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar hozirgi holati va mustahkamlash istiqbollari, O‘zbekiston – Avstriya kun tartibini kengaytirish, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, muntazam vazirliklararo aloqalar, boshqa darajadagi uchrashuvlar davlatlararo munosabatlarni o‘zaro manfaatli asosda bosqichma-bosqich oshirish, ishbilarmon doiralar, ilmiy-ta’lim muassasalari, madaniyat va san’at vakillari o‘rtasidagi almashuvlarni rag‘batlantirish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan vazirlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriya tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda «Eksportga yo‘naltirilgan menejment» va «Turizm va mehmonxona biznesini boshqarish» kabi zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi qo‘shma fakultet ochilishini qo‘llab-quvvatladilar.
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim muammolarini ham muhokama qildilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi