MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlangani va uni ahvoli haqida ma’lumot bergan edik.
U haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi ijodkorlari uning xonadoniga borib, ota-onasi bilan uchrashdi.
“O‘g‘limiz sog‘-omon. Men blogerlarga gapirmoqchiman. Har xil gaplarni bilib bilmay gapirmaslik kerak. G‘iybatning oqibatda jazosi bor. Oldin nima bo‘lganini bilib olinglar, keyin yozinglar. Bilib-bilmay har narsani yozavermaslik kerak.
Hech kimga yomonligimiz yo‘q, hammaning o‘ziga insof bersin. O‘sha bolalarga ham insof bersin. Qilgan ishlarining oqibatlarini o‘ylab ko‘rishsin. Internetda yozilgan ko‘p narsalar yolg‘on. Travma olgan, lekin unaqa og‘ir jarohatlari yo‘q. O‘sha kunning o‘zida ko‘chaga chiqib aylanib yurdi.
Yoshi ham katta bo‘p qoldi, endi yoshlarga yo‘l berishi kerak. Oladigan unvonlarini ham olib bo‘ldi. Yetadigan darajada. Endi urishishga ham uyat bo‘lsa kerak.
Internetda tarqalgan video rost. Biz ularning kimligini bilmaymiz. Bostirib kirishgan. Bular organ odamlari deb qarshilik ko‘rsatishmagan. Ular shundan foydalanib urib ketishgan. Og‘ir jarohat yetkazilmagan, kimligini bilmaymiz. Ichki ishlarimiz topib olsa kerak. Ularga ham yomonligimiz yo‘q. Ota-onasini oldida bo‘lsin. Kelajakda o‘zini farzandlari katta bo‘layapti, oqibatini o‘ylab ko‘rishsin”, - dedi Murod Xonto‘rayevning otasi intervyuda.
Quyidagi video orqali mazkur voqea haqidagi lavhani ko‘rishingiz mumkin. VIDEO “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi