
Bir oy davomida fuqarolar parlamentga eskirgan va samarasiz qonun-qoidalarga o‘zgartirishlarni taklif etishi mumkin. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti qonunchilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimiga oid takliflarni o‘rganish maqsadida 5 dekabrdan 2019 yil 5 yanvarigacha “Qonunchilikka tashabbus” aksiyasini o‘tkazmoqda.
Siz o‘z kundalik hayotingizda duch kelgan va sizningcha rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan qonunchilikdagi ortiqcha va samarasiz bo‘lgan qoida-talablar haqida o‘z fikr hamda taklifingizni bildiring, deyiladi xabarda.
Jo‘yali takliflarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqadi.
Takliflarni Google Docs platformasi orqali yuborish mumkin.
Asosli takliflar taqdim etgan ishtirokchilar Qonunchilik muammolari instituti tomonidan rag‘batlantiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar