
Joriy yilning 1 dekabr kuni Manila shahrida Osiyo tennis federatsiyasining yillik kongressi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi matbuot xizmati.
Kongressda Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Xaggerti faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. U ushbu marosimda O‘zbekiston Tennis federatsiyasiga «Jahon tennisi rivojlanishidagi ulkan yuksalish uchun» maxsus mukofotini topshirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatovga «O‘zbekiston tennisining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va tennisga ko‘p yillik sadoqati uchun» alohida maxsus mukofoti topshirildi.
Osiyo Tennis FederatsiyasiO‘zbekiston Tennis FederatsiyasiYillik KongressDevid XaggertiRustam InoyatovMaxsus MukofotTennis RivojiFaxriy MehmonManila Shahri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing