O‘zini MXX xodimi deya tanishtirib, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan fuqaroga nisbatan sud hukmi chiqarildi, deb yozmoqda O‘zA.
Fuqaro A.Xolmatov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ham o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. 2017 yil yanvar oyi boshlarida Sh.Rahimovaning farzandi N.Rahimov Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirmoqchiligidan xabar topadi. U o‘zini Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, go‘yoki o‘ziga berilgan vakolatdan foydalanib, DTM maxsus hisob raqamiga davlat boji to‘lash orqali N.Rahimovni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldab, Farg‘ona shahrida Sh.Rahimovaning 6 ming 200 AQSh dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida sudya Sh.Umarov raisligida A.Xolmatovga oid jinoyat ishi har taraflama o‘rganib chiqilib, unga qonun doirasida jazo tayinlandi. O‘zA xabarida jazo muddati haqida aniq ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi