2018 yil noyabr oyda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi G‘.Z. Rishton tumanida yashovchi 4 nafar fuqarolarning nomiga traktor va tirkamalarni rasmiylashtirish uchun qalbaki ravishda tayyorlangan texnik pasportlar va oldi-sotdi shartnomalarni Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati, Rishton tuman bo‘limiga taqdim etgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro G‘.Z. o‘z aybiga iqror bo‘lib, ushbu qalbaki hujjatlarni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi G.G.dan 200 ming so‘mga sotib olganligini bildirib, bu haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Fuqaro G‘.Z.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda, Andijon shahrida yashovchi G.G. tanishi G‘.Z.ga fuqaro X.A. nomiga «T-28x4m» rusumli traktorga egalik huquqini beruvchi qalbaki texnik pasport va oldi-sotdi shartnomani 200 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda xolislarning ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.G. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi