Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekistonda mehnat bozori o‘rganilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Prezident shu o‘rinda joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan klaster tizimini tilga oldi.
"Klaster tizimini tajriba qilganlar daromad bilan chiqdi, lekin klaster tizimi kadr kerak - suvchi, yer tuzuvchi, ekologlar kerak. Yo‘q bizda ular! Klasterlarga, katta-katta chorva fermalarga boringlar - hammasi quyi pog‘onadagi mutaxassislarni chetdan olib kelgan", - dedi Mirziyoyev va "Shuncha kollejlarning mutaxassislari qani?" degan savolni o‘rtaga tashladi.
O‘zbekiston rahbari afsus bilan mamlakatda kasb tarbiyasi mavjud emasligi, mehnat bozorini o‘rganish masalasi bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayotganini aytdi.
"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektorida bo‘ladigan talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash chorasini ko‘rish vaqt-soati keldi", - deb xulosa qildi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi