23:23 / 08.12.2018
4 857

Prezident kollejlar quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi

Prezident kollejlar quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi
Prezident kasb-hunar kollejlari quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 7 dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bildirib o‘tdi.

“Kasb-hunar kollejlari, afsuski, aksariyat hollarda real talab bo‘lmagan kasblar bo‘yicha quruq diplom beradigan dargohga aylanib qoldi. Men hududlarga tashrif buyurganimda odamlar bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilaman. Hayron qolasiz, joylarda oddiy quruvchi, traktorchi yoki mexanizator yo‘q. Ishning ko‘zini biladigan yer tuzuvchi yoki suvchini topish amri mahol. Ko‘p joylarda kollejlarni bitirgan bolalarni kerakli kasbga qayta o‘qitishga to‘g‘ri kelmoqda”, dedi davlat rahbari.

Prezident bugun ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasb tarbiyasi, mehnat bozorini o‘rganish bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayotganini ta’kidladi.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektoridagi talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash choralarini ko‘rishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident kollejlar quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi