Bugun, 9 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi.
Ushbu yirik tadbir Xalqaro musulmonlar forumi kotibiyati, Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi, Moskva Islom instituti, Finlyandiya musulmon tashkilotlari tarmog‘i va Butunjahon mazhablarni yaqinlashtirish forumi tomonidan tashkil etildi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya musulmonlar kengashi, Italiyaning dinlararo va madaniyatlararo ta’lim fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Xalqaro musulmonlar forumi har yili dunyoning yetakchi mamlakatlari poytaxtlarida ko‘p yillardan buyon o‘tkazib kelinadi. 2014 yil Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida, 2015 yil Buyuk Britaniyaning London shahrida, 2016 yil Fransiyaning Parij shahrida, 2017 yil Finlyandiyaning Xelsinki shahrida Xalqaro musulmonlar forumining yig‘ilishlari o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)