21:41 / 09.12.2018
4 099

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaga jo‘nab ketdi

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaga jo‘nab ketdi
Bugun, 9 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi.

Ushbu yirik tadbir Xalqaro musulmonlar forumi kotibiyati, Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi, Moskva Islom instituti, Finlyandiya musulmon tashkilotlari tarmog‘i va Butunjahon mazhablarni yaqinlashtirish forumi tomonidan tashkil etildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya musulmonlar kengashi, Italiyaning dinlararo va madaniyatlararo ta’lim fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Xalqaro musulmonlar forumi har yili dunyoning yetakchi mamlakatlari poytaxtlarida ko‘p yillardan buyon o‘tkazib kelinadi. 2014 yil Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida, 2015 yil Buyuk Britaniyaning London shahrida, 2016 yil Fransiyaning Parij shahrida, 2017 yil Finlyandiyaning Xelsinki shahrida Xalqaro musulmonlar forumining yig‘ilishlari o‘tkazilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaga jo‘nab ketdi