19:34 / 11.12.2018
6 177

O‘zbekistonda himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilandi

O‘zbekistonda himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilandi
Foto: Senat axborot xizmati
Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi

Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, «Mahalla» fondi, shuningdek boshqa manfaatdor idoralar vakillari ishchi guruh tarkibidan joy oldi.

Yig‘ilishda «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, hujjat jinoyat protsessi ishtirokchilarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini belgilash tartibini, ularni qo‘llash asoslari va tartibini belgilashga qaratilgan. Qonunda himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilab berilgan. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura organlari, bojxona organlari, sudlar ularning himoyasini ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi tuzilmalar sifatida ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ham ko‘rib chiqdi.

Qayd etilganidek, qonunda Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Mehnat kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jinoiy va ma’muriy qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatda jamoat tartibini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi va tilanchilik bilan shug‘ullanganlik, bunga voyaga yetmagan va keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni jalb etganlik uchun javobgarlikni belgilab qo‘yishga qaratilgan.

O‘zgartish mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ham kiritildi, ishga qabul qilish tartibiga va bu jarayonda ish beruvchining javobgarligiga oid ayrim qoidalar soddalashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilandi