“O‘zavtosanoat” AJ va PSA Groupe kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
AJ xabariga ko‘ra, loyiha yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, hozirda ob’ektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli kontraktlar tuzilgan.
Shu bilan birga, boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyihaning kelgusi borishi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"