
O‘zbekiston bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida ikki nafar valyutachi qo‘lga olingan. Ular jami 7900 dollar pulni 8450 so‘mdanga sotishga urinishgan.
Qo‘lga olingan shaxslar B. hamda U. larning yonidan ashyoviy dalil sifatida 7900 dollar va 66,7 million so‘m pul tortib olindi.
Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 9 oy ichida xorij valyutasini noqonuniy tarzda sotilishiga oid 2 mingta fakt oshkor etildi. Davlat xavfsizlik xizmati vakillari prokuratura xodimlari bilan birgalikda valyutachilardan jami 73 milliard so‘mlik xorij valyutasini tortib olishgan. Aybdorlarga nisbatan 1490 ta ma’muriy, 390 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Faqat shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, banklar hanuz aholi uchun xorij valyutasi sotib olish imkonini beruvchi shohobchalarni tashkil etmagan.
Manba: podrobno. uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar