
Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:
Ulamolar yozganlarki, soliha ayolda to‘rt sifat bo‘ladi:
1) Uning yuzida hayo bo‘lsin. Yodda tutingki, qizil pudra ila insonning husniga husn qo‘shilmaydi. Insonning husniga husn hayo sababli qo‘shiladi. Kimning yuzida hayo bo‘lsa, Alloh ta’olo uning yuzini jozibador qilib qo‘yadi.
2) Tili shirin bo‘lsin. Ya’ni, muloyim gapiruvchi bo‘lsin. Eriga gapirganda muloyim ohangda gapirsin. Chunki, ko‘pincha ayollar nomahramlarga gapirganlarida, dunyoning bor shirin gaplari og‘izlaridan chiqadi. Erlariga gapirganlarida esa, dunyoning bor zahar gaplari og‘izlaridan chiqadi. Buni shari’at man’ qilgandir. Shuning uchun eriga gapirganda shirinso‘z bo‘lishi lozimdir.
3) Qalbida yaxshilik bo‘lsin, yomonlik va yaramaslik bo‘lmasin.
4) Ayolning qo‘li har doim ish bilan band bo‘lsin. Ya’ni, ayol uy yumushlari, bolalari va erining ishlari ila mashg‘ul bo‘lsin. Bu to‘rt sifat soliha va dindor ayolning belgilaridir.
Abdulqayyum G‘OFUROV
Manba: O‘MI Toshkent shahar vakilligi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar