date
views 4 322

Abdulla Aripov: "Toshkentdagi barcha eskirgan uylar buziladi"

Abdulla Aripov: "Toshkentdagi barcha eskirgan uylar buziladi"
Toshkentda eskirgan turar joylarning barchasi buziladi, ularning o‘rnida esa yangi uylar quriladi. Bu haqda 22 dekabr, shanba kuni Xotin-qizlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov anjumanida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi, deb yozadi «Sof.uz».

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Prezident 21 dekabr, juma kuni shahar bo‘ylab safari chog‘ida poytaxtdagi eskirgan uy-joylar o‘rniga yangi qulay uylar qurishni topshirgan.

«Kecha bizga Prezident qat’iy topshiriq berdi: Toshkentdagi kanalizatsiyasi va hokazolari bo‘lmagan barcha eski uylar, eskirgan turar joylarni buzib, o‘rnida barcha sharoitlarga ega yangi uylar qurish. Sharoitlar haqida gapirganda davlat rahbari kimni nazarda tutdi? Ayollarni. Prezident aytayaptiki, issiq suv bo‘lsin, isitish tizimi bo‘lsin, o‘tin yormasinlar, ovqat pishirish uchun ko‘mir ishlatmasinlar», — deya aniqlik kiritdi Bosh vazir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Aripov: "Toshkentdagi barcha eskirgan uylar buziladi"