Markaziy Osiyo yetakchilari Yangi yil bayramini asosan oila davrasida kutib olishadi, deya xabar qildi Sof.uz.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘p joylarga sevimli nevarasi Kerimguli bilan boradi. Kuni kecha Yangi yil oldidan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etib, nevarasi yozgan qo‘shiqni birgalikda ijro etishdi.
Qozog‘iston davlat rahbarining qizi Dariga Nazarboyeva so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil kechasida oilaning barcha a’zosi birga yig‘iladi. Ular Yangi yilni kutib olish uchun prezidentning Olma-Otadagi uyiga tomon yo‘l olishadi.
“Ya’ni qozog‘istonliklarni hayratga soluvchi biror narsa yo‘q. Biz ham boshqa oilalar singari oddiy oila va odamlarmiz, xursandchilik qilamiz, birga yig‘ilishni yaxshi ko‘ramiz. Va albatta oyimiz tayyorlagan beshbarmoqni yeymiz”, - deydi Qozog‘iston prezidenti qizi.
Qirg‘iziston yetakchisi Sooronbay Jeenbekov ham bayramni oila davrasida kutib olish ixlosmandlaridan. U 2018 yilda Yangi yilni birinchi marta mamlakat rahbari sifatida kutib olgandi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2016 yilning oxirida uni rafiqasi bilan birgalikda "Safed Dara” kurortida chang‘i uchayotganini ko‘rishgan. O‘tgan yili esa u tojikistonliklarga tabrik yo‘llash bilan kifoyalangandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlagandi, kelayotgan bayramni qanday kutib olishi to‘g‘risidagi rejalari hozircha ma’lum emas.
Qo‘shni davlat rahbarlaridan farqli o‘laroq ommaviy yangi yil bazmlarida ishtirok etmaydi. O‘zidan oldingi vazifadoshlari hamda boshqa davlat hamkasblari singari, u Yangi yil kechasida fuqarolarga murojaat qilib, tabrik yo‘llaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi