09:30 / 28.12.2018
4 503

Mulkni ijaraga beruvchilar daromadini soliqqa tortish tartibi belgilandi

Mulkni ijaraga beruvchilar daromadini soliqqa tortish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Qarorning mulkni ijaraga beruvchilarga taalluqli qismida quyidagilar keltirilgan:
23. Qarzni undirishni soliq to‘lovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq bo‘yicha qarzlarning eng kam miqdorlari 23-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

24. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:
- yuridik shaxslar uchun – davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan;
- mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 24-ilovaga muvofiq belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, deyiladi Qarorda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mulkni ijaraga beruvchilar daromadini soliqqa tortish tartibi belgilandi