13:06 / 31.12.2018
4 701

Toshkentda mushakbozlik tomoshasi uchun avtobuslar ajratiladi

Toshkentda mushakbozlik tomoshasi uchun avtobuslar ajratiladi
Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ
Toshkent shahrida Yangi yil – 2018 yil 31 dekabrdan 2019 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi, soat 24:00 da katta mushakbozlik tashkil etilishi haqida xabar bergandik.

Mushakbozlik tomoshalaridan so‘ng odamlarni manzillarga olib borish uchun bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 17 ta joylardan o‘tuvchi yo‘nalishlarda avtobuslarning soat 01:00 gacha ishlashi ta’minlanadi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ.

Mushakbozlik tomoshalari vaqtida A.Navoiy teatri, O‘zbekiston milliy bog‘i, «Xalqlar do‘stligi» san’at saroylari atrofidagi ko‘chalar (Furqat, Bobur, I.Karimov, Seul, Afrosiyob, Beshyog‘och, T.To‘la, Chilonzor va K.Yormatov) qisman yopiladi.

Shuni inobatga olib, mushakbozlik tadbirida ishtirok etadigan fuqarolarni tadbirdan so‘ng shahar markazidan manzillarga olib chiqish maqsadida, jamoat transporti yo‘nalishlari harakati qo‘shimcha ravishda tashkil qilinadi, jumladan:

1) Furqat va Navoiy ko‘chalari kesishmasi – 10 ta avtobus;
2) Qoratosh va Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida – 10 ta avtobus;
3) Bunyodkor va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida – 11 ta avtobus;
4) Bobur va O‘rikzor ko‘chalari kesishmasida – 10 ta avtobus.

Markaziy avtoshohbekatlarda avtobuslar harakatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha ravishda xodimlarning navbatchiligi tashkil qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram kechasida Toshkent metropoliteni faoliyati ham soat tunggi 01:00 ga qadar tashkillashtirilishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mushakbozlik tomoshasi uchun avtobuslar ajratiladi