Namangan viloyati hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimligida yangi tajriba yo‘lga qo‘yildi. Hokimlik apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu orqali viloyat hokimligining maxsus imijini yanada shakllantirish. Xabarda aytilishicha, ko‘plab uchrashuvlar yoki mahallalarda yurilganda fuqarolar murojaatlari kimga aytishini bilmay ovora bo‘lishadi. Aynan Namangan viloyati hokimligi tomonidan qo‘llangan yangi tajriba bu kabi holatlar oldini oladi. Endi fuqarolar turli tadbirlar yoki ular bilan uchrashuvlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat kiyimidagi hokimlik vakillariga murojaat yo‘llayverishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi