O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvar sanasidan fuqarolarga xorijga chiqishga ruxsat beradigan stiker bekor qilinib, xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilinmoqda.
Ushbu pasport mamlakat hududida o‘rnatilgan tartibda hujjat topshirilgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi. Xorijda esa diplomatik pochta yuborilishi grafigiga asosan topshiriladi.
Biometrik pasportlarga keladigan bo‘lsak, ular chet elga chiqish uchun 16 yoshdan katta shaxslarga 10 yil muddatga beriladi. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarga xorij pasportlari - besh yil muddatga beriladi.
Amalda bo‘lgan 2011 yilda berilgan stiker yopishtirilgan biometrik namunadagi pasportlar 2021 yilga qadar amal qiladi. O‘zbekiston fuqarolari ushbu pasport bilan vizasiz rejim o‘rnatilgan davlatlar, shu jumladan Rossiyaga ham chiqishlari mumkin.
Shuningdek, avvalgi biopasport bilan unda mavjud bo‘lgan stiker muddati tugagunga qadar boshqa mamlakatlarga ham chiqish mumkin.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil oxirida Ichki ishlar vazirligi milliy ID-kartalarni sinovdan o‘tkazishga kirishgan va bu kartalar keyinchalik ichki biometrik pasportlar o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Shuningdek, ID-karta har bir mamlakat fuqarosining yagona identifikatsiya raqamiga ega bo‘lib, bu fuqaro davlat xizmatlaridan foydalanyotganida shaxsga doir ma’lumotlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. ID-kartalar joriy etilishi sanasi hozircha aniqlashtirilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi