2019 yilning 15 yanvaridan Germaniya fuqarolari uchun 30 kunga vizasiz rejim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va ta’lim almashinuvlarini mustahkamlash maqsadida shunday qaror qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, GFRdan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2016 yilda - 4889, 2017 yilda – 7207 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 2,5 baravarga oshib, 18 094 kishiga yetdi.
Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejimning o‘rnatilishiga shuningdek e-visa ma’lumotlari ham xizmat qilgan. 2018 yil 28 dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyaning 1089 fuqarosi O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirgan va fuqarolari mazkur dasturdan foydalangan mamlakatlar orasida 10-o‘rinni egallagan.
Ta’kidlash joizki, 2018 yilning 10 fevralidan qator uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi