
O‘zbekistonda «jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik yoki nikoh munosabatlaridan, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklaydigan boshqa omillardan qat’i nazar, mehmonxonaga kelgan mijozlarga mehmonxona xizmatlari taqdim etilishi kerak».
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, yuqoridagi cheklovlar qonunchilikka ziddir.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar