Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra, 2019 yilning 1 aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika boʻyicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi:
- uyma-uy yurish, oʻtkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- ijtimoiy soha va boshqa obyektlardagi mavjud holatlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritalari” va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har chorak yakunlari boʻyicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan, investitsiya dasturlariga kiritish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi