Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat taʼminoti, kiyim-kechak va yotoq buyumlari bilan taʼminlash, choyshab, yostiq jildi, ustki kiyim- kechaklarini yuvish va kameralarni tozalash uchun sovun hamda yuvish vositalari bilan taʼminlash hamda shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalari tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, sovun hamda yuvish vositalari, shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalarini qoʻllash tartibini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, davolash oziq-ovqati bilan taʼminlanishga muhtoj bemor shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash tartibini belgilash. Bunda, davolash oziq-ovqatlarining qoʻshimcha narxi mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan taʼminlash normalarida nazarda tutilgan mahsulotlar narxining 20 foizidan oshmasligi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi