Bosh prokuratura «O‘zmetkombinat» AJ sobiq rahbariyatiga qarshi tergov olib bormoqda, deya tasdiqladi Kun.uz’ga mahkama matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.
«Kombinatning sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan tergov olib borilmoqda, yangilari bo‘yicha jinoiy ta’qib yo‘q», - dedi u.
Kuni kecha korxonaning o‘zi qator elektron OAVda kompaniya xodimlari qo‘lga olingani, shuningdek, o‘g‘irlik va rastrata aniqlangani haqida e’lon qilingan xabarlarni rad etdi.
«Maqolalarda bildirilishicha, kombinatning xaridlar bo‘yicha menejeri O.R. 2019 yilning yanvar oyi boshida katta miqdorda o‘g‘irlik va rastratada ayblanib ishdan bo‘shatilgan. Bu fakt yolg‘on. Xaridlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Otabek Rasulov hali ham avvalgi lavozimda ishlamoqda. Kombinat va SFI Management Group ishonchli boshqaruviga O.Rasulov tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilgani to‘g‘risida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan biror-bir fakt, murojaat yoki ma’lumot kelib tushmagan», - deya xabar berishgan Kun.uz’ga korxonadan.
«O‘zmetkombinat» respublikada qora metallurgiya sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. 2019 yilda uning tashkil etilganiga 75 yil to‘ladi. 2017 yil iyulida kombinatning ustav kapitalidagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvchisi sifatida SFI Management Group xorijiy kompaniyasi jalb etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film